← SteelExam

Maxfiylik siyosati

SteelExam kirish, profil, yosh va obuna huquqlarini boshqarish uchun ism, email yoki Telegram identifikatori, tug‘ilgan sana va SM IDni Supabase’da saqlaydi.

Test javoblari va natijalar hisobingizga bog‘lanadi. Ustoz AI ovozi Google Gemini’ga yuboriladi; SteelExam audio yozuv saqlamaydi. Tarjima matni Lingva serveriga yuboriladi; rasm matni qurilmada ajratiladi.

Cheklar va fayllar yopiq Supabase Storage’da saqlanadi. To‘lovni tekshirish uchun bosh admin chekni ko‘ra oladi.

DIRECT reklama joylashuvga qarab ko‘rsatiladi; ko‘rish va bosishlar SteelExam’da hisoblanadi. Google’ga email, aniq tug‘ilgan sana yoki SM ID uzatilmaydi. AdSense faqat rozilikdan so‘ng 18+ Free web foydalanuvchilariga ishlaydi.

18 yoshgacha Google reklamalari ko‘rsatilmaydi. Faqat admin yoshga mos deb belgilagan DIRECT reklama chiqishi mumkin. Pro’da barcha reklama o‘chadi.

Hisob ma’lumotlari hisob faoliyati uchun saqlanadi. Reklama takrorini aniqlash yozuvlari 30 kundan so‘ng keyingi hisoblashda o‘chiriladi; umumiy sonlar qoladi. Rozilik tanlovi 180 kun amal qiladi.

Ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha Telegram orqali adminga murojaat qiling. Google reklama roziligini shu sahifada bekor qilishingiz mumkin.

Telegram orqali adminga murojaat